Kalendar ahamiyatsiz
Biz ishlatayotgan kalendarning bizga aslida umuman aloqasi yo'q. Biz shunchaki uni chop etuvchi va kuzatuvchisimiz xolos. Biz shunchaki Iso alayhissalom tug'ilganlaridan boshlab hisoblanuvchi vaqtni devorlarimizga osamiz va shunga qarab rejalarimizni amalga oshiramiz.
Aslida bizga bog'liq bo'lgan va biz asosiy ro'l o'ynaydigan kalendar bormi?
Albatta bor. Bu hayot kalendari.
Agar Alloh taolo bizga 90 yil bersa, uni haftadagi ifodasi shunday bo'lgan bo'lar edi. Bu kalendarning bir ustuni bir yilga teng.Men qancha bu kalendar katakchalarini to'ldirganim sari, o'limga yaqinlashib boraveraman.Ko'p katakchalarni ijtimoiy tarmoqlar, ish, uyqu bo'yab boraveradi...Va biz hayotni tartibiga umuman e'tibor bermay, keraksiz ishlar bilan vaqtni o'tkazishda davom etamiz.
Toples kanalida bu haqida to'liq ma'lumot berilgan va ancha qiziq
O'z hayot kalendaringizni yaratish uchun link. Siz hohlasangiz vertikal holatda yaratishingiz mumkin. O'shanda bir qator sizda bir yilga teng bo'ladi
P.s: Biz kanalimizga muhokama guruhini ochdik, endi bemalol muhokamalarga sho'ng'ib, savol-javob qilishimiz mumkin.