Youtube kun bo‘yi vaqt o‘tkazishga arziydigan joy. Insoniyat o‘zi yaratgan va maqtanishga arziydigan narsalar ro‘yxatini tuzganida youtube yuqori o‘rinda turgan bo‘lardi, balkim top 10 talikda. Gutenberg mo’jizasidan keyingi mo‘jiza shu bo’lsa kerak.
Muhabbatim bu platformaga cheksiz.
Bizday qullarning qo‘liga bunday texnika tushishi haqida Markus Aurelius orzu ham qila olmasdi, ehh...
Har qanday joyda, har qanday narsani, barmoq harakatlari bilan tezda o‘rgansa bo‘ladi bu yerda, hind akalar bor bo‘lishsin.
Hayotda qaytib ko‘rmaydigan Charlie Mungerning leksiyalari tekinga yotibdi shu yerda.
Endi tangani ikkinchi tomoni ham bor, miyadagi g‘alati xohishlarni aniqlashga usta shu youtube.
Shuncha o‘rganadigan narsa turganida Counter strikedagi o‘yinlar(gameplay), Nas Daily qanchalik rasvo odamligi(expose) va boshqa bema’ni narsalar ko‘rishga soatlab vaqt sarflarkanman.
Qisqasi tongda dunyodagi eng zo‘r kutubxonasida uyg‘onaman-u, tunda eng rasvo shovqinli bozorida uxlayman.
Antiqa yechim chiqib qoldi.
Ko‘rishlar tarixi(watch history)ni ochdim.
Ko‘rganlarim orasida bema’nilari haddan ortiq - 90%
Bebaho kontelar esa sanoqli - 10%.
Homepagedan tayinli narsa topish ehtimoli juda past.
Shu vaqtimni Hormozi, MIT leksiyalariga sarflashni o‘rniga, "Monesy vs Donk", "Hard not to laugh" muqovali videolarga sarflab yuborayotgan ekanman.
Juda oddiy yechim topib oldim, Occam ustarasini ishlatib: juda sodda tushuntirish yoki yechim eng yaxshisi bo‘ladi oxiri.
Ko‘rishga arzimaydigan videolarni aksari 22 daqiqadan kam ekan. Arziydiganlari esa 22 daqiqadan ancha uzun.
22 daqiqalik rasvo videolar ham chiqib qoladi, lekin juda kam. Rasvo narsani bundan ham cho‘zish qiyin o‘zi.
30 daqiqa deb olsa zo‘r podkastlar, hujjatli filmlar, zo‘r explainerlar qolarkan.
30 daqiqa bir mavzuda gapirish uchun u mavzu tushuntirishga arziydigan bo‘lishi kerak. Bu zo‘r filtr.
Xuddi shunday filtrni o‘rnatsa bo‘larkan kompyuter browseriga:
1-qadam: Tapper Monkey extentionini browserga o‘rnatish
2-qadam: Extensionni ikonkasi bosing. “Create new script…”ni bosing
3-qadam: shu kodni Tape monkeyga tashlang, paste qiling va ctrl+s bosib saqlang
Tayyor!
Faqat foydali uzun kontelar chiqadi. "Musor" kontent endi yo‘q.
Youtube Alexandriasiga xush kelibsiz!
Biroz zerikarli bo‘lib ketganiga 22 daqiqa qoldira qoldim kodda, o‘rtani ushlab)
Endi odam orada shu dam ham olib turishi kerak: mayli yakshanba kuni bu kodni o‘chirib bir maza qilishga ruxsat bersangiz bo‘ladi o‘zingizga.
Youtube expert bo‘lsangiz: boshqa browserda youtube oching va videoga bosmasdan g‘oya qidiravering. Ishimiz shunda o‘zi)
berilgan linklarga kirishni imkoni bo'lmadi
wow juda foydali tavsiyalar. rahmat kattakon!